loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Talabalar yashash sharoiti institut va mahalla nazoratida

  Talabalarning yashash va o‘qish sharoitlari bilan bog‘liq muammo ta’lim va tarbiyaning sifatiga bevosita daxldordir. Shunday ekan, ularning yashash sharoitiga e’tibor doimo nazoratda bo‘lishi zarur. Bu borada muammolar bo‘lsa uni albattta yechish davr talab hisoblanadi. NavDPI “Fizika-texnologiya” fakultetida, ijara va yaqin qarindoshinikida yashayotgan talabalar bo‘yicha o‘rganish tizimi joriy qilinagan. Xususan, talabalar ijarada qayerda yashamoqda, kimnikida turibdi, yashash sharoiti qanday, darsdan keyin nima ish bilan mashg‘ul bo‘ladi, bo‘sh vaqtini qanday o‘tkazadi, bu talabalarning o‘qish jarayoniga qanday ta’sir ko‘rsatmoqda kabi jiddiy masalalar fakultet dekanatining doimiy nazoratida turadi. Ayniqsa, MFY faollari hamda mas’ul tyutorlar, talabalarning xususiy uy-joylarda yashash sharoitlarini bevosita joyiga chiqqan holda o‘rganib borishmoqda. “Ijarada yashovchi talabalarga turli noxush holatlarni oldini olish borasida zarur tavsiya berib borish, ijarada yashovchi talabalar bilan ishlash mexanizmini yaratish, ijarada yashashga ehtiyojmand talabalar va ijaraga beriladigan xonadonlarni aniqlash, talabalarni ijara xonadonlariga joylashtirish orqali tizimli ishlarni bajarish bo‘yicha MFY va ta’lim muassasalari hamkorlikda amaliy ish olib borsalar natija yanada samarali bo‘ladi…”-dedi Navoiy shahar “Janubiy” MFYda hokim yordamchisi Z.Ikromiddinov.