loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Talabalar turar joylariga kimlar joylashishi mumkin

Talabalarni talabalar uylariga joylashtirishda mavjud o‘rinlardan ehtiyoj va talab yuqori bo‘lgan holatlarda quyidagi mezonlar ketma-ketligi asosida ustunlikka ega bo‘ladi:

👉Chin yetim talaba-o‘quvchilar (kursidan qatʼiy nazar);
👉Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari;
👉Nogironligi mavjud talabalar (kursidan qatʼiy nazar);
👉Ijtimoiy himoyaga muhtoj, moddiy ahvoli og’ir talabalar (“temir daftar“, “yoshlar daftari“, “аyollar daftarida“ ro‘yxatda turuvchi oila farzandlari);
👉Bir oiladan bakalavriat bosqichi kunduzgi taʼlim shaklida ikki yoki undan ortiq to’lov-shartnoma asosida o’qiyotgan oilalar farzandlari;
👉Fan olimpiadalarida g’oliblikni qo‘lga kiritgan talabalar;
👉“Yil talabasi“ va “Talabalar teatr studiyalari“ ko‘rik-tanlovlarining Respublika bosqichi g’olibi bo‘lgan talabalar;
👉“Zakovat“ intellektual o‘yinining Respublika bosqichida g’oliblikni qo’lga kiritganlar;
👉Xorijdan kelib tahsil olayotgan talabalar.

Ma’lumot o‘rnida, talabalar yuqoridagi hujjatlarni my.gov.uz sayti orqali yoki davlat xizmatlari markaziga borib rasmiylashtirishlari mumkin.