Navoiy davlat pedagogika instituti yoshlar ittifoqi BT Kengashi, Yoshlar ittifoqi Navoiy viloyati Kengashi hamda 20022-sonli harbiy qism hamkorlikda yoshlarga xush kayfiyat ulashish maqsadida 2-sonli talabalar turar joyida “Talaba Shou” konsert dasturi o‘tkazildi.
Tadbirda Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, professor Muxiddin Kalonov ishtirok etib, talabalarga o‘zining eng samimiy tilaklarini bildirib, konsert dasturini ochib berdi.
Konsert dasturida 20022-harbiy qism Faxriy qorovuli, harbiy orkestri va harbiy qism xonandasi chiqishlari namoyish etildi. Shuningdek, institut talabalarining kuy-qo‘shiqlari ijro etildi, barchani raqslarga chorladi.