Tabiiy fanlar hamda Jismoniy madaniyat fakultetlaridan soʻng Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, professor Muxiddin Kalonov 1-sonli talabalar turar joyiga borib, talabalar xonasi, yotoqxona oshxonasini koʻzdan kechirdi.
Talabalar bilan muloqot qilindi. Ularga qanday muammo borligi, nimalar kerakligi soʻraldi. Mavjud ayrim kamchiliklarni tez fursatda bartaraf qilish boʻyicha masʼullarga topshiriq berildi.
Shuningdek, talabalar boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazishi uchun yotoqxonada tadbir va tanlovlarni, sport musobaqalarini koʻpaytirish kerakligi taʼkidlandi. Sun’iy qoplamali maydonda shug’ullanayotgan talabalar bilan ham rektor suhbat qilib, sportda ham o‘qishda ularga omad tiladi.