Navoiy davlat universiteti Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan “Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi!” mavzusida “Eng yaxshi insholar” tanlovi o‘tkazildi.
Ushbu tanlovda universitetning barcha fakultetlaridan jami 39 nafar talaba ishtirok etdi. Maxsus muhrlangan daftarlarda aks etgan ijodiy ishlar endilikda mazmuni va imlo qoidalariga nechog‘li amal qilingani jihatlari bo‘yicha hakamlar tomonidan baholanadi.
Insholar tanlovni “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig’i A.Xalikov hamda O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti dekani A.Allaberdiyevlar ochib, tanlov tartibi, shartlari va baholash mezoni haqida tushuntirishdi.
G‘oliblar “9-dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” arafasida, 1-, 2-, 3-darajadagi diplomlar hamda nizomda ko‘rsatilgan pul mukofotlari bilan rag‘batlantiriladi. Ushbu sana munosabati bilan univeristetda qator tanlovlar davom etmoqda.