loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Talabalar o‘rtasida Alisher Navoiy ilmiy va ijodiy merosini o‘rganishga qaratilgan insholar tanlovi bo‘lib o‘tdi

Buyuk shoir va mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiyning bebaho ijodiy-ilmiy merosi nafaqat xalqimiz, balki jahon adabiyoti tarixida, milliy madaniyatimiz va adabiy-estetik tafakkurimiz rivojida alohida o‘rin tutadi. Ulug‘ shoir o‘zining she’riy va nasriy asarlarida yuksak umuminsoniy g‘oyalarni, ona tilimizning beqiyos so‘z boyligi va cheksiz ifoda imkoniyatlarini butun jozibasi va latofati bilan namoyon etib, yer yuzidagi millionlab kitobxonlar qalbidan munosib va mustahkam o‘rin egalladi.
Talabalar “Navoiyni anglash”, “Navoiy asarlarida komillik tushunchasi”, “Xamsa” – tafakkur nahri”, “Buyuk beshlik hayratlari”, “Navoiy va bugun”, “Alisher Navoiy ijodida yoshlar obrazi”, “Navoiy ijodining umumbashariyat ma’naviy-ma’rifiy rivojidagi o‘rni”, “Navoiy asarlarining badiiy xususiyatlari” mavzularidan birini erkin tanlash asosida ushbu jarayonda ishtirok etdilar. Tanlovda 1-o‘rinni Omonova Nilufar, 2-o‘rinni Avazberdiyeva Bahora, Islomova E’zoza, 3-o‘rinni Sayfullayeva Fotima, Xoljonova Lobar, Jo‘raqulova Husnoralar egallashdi.