O‘zbek tili va adabiyoti fakultetida 8-dekabr— O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligiga 32 yil to‘lishi munosabati bilan “Konstitutsiya — baxtimiz qomusi” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.
Bu galgi tadbirning boshqa tadbirlardan farqli tomoni shundaki, unda «O’zbek tili o’qitish metodikasi» fani bilan huquqiy bilimlar integratsiyasiga alohida e’tibor qaratilgan. Ushbu fanni o’qitish asnosida huquqiy bilimlar nechog’lik ahamiyat kasb etishi «Zakovat» bellashuviga moslab tuzilgan savollarda yorqin namoyon bo’ldi. Hakamlar hay’ati 3ta shart asosida bellashayotgan jamoalarning konstitutsiyamiz bo’yicha olgan bilimlarini odilona baholab bordilar. Topqirlik, zukkolik, bilimdonlik va mantiqiy fikrlash eng muhim fazilat sifatida qayd etildi. Tadbir so’nggida g’olib jamoalar munosib taqdirlandilar.