Bugungi kunda talaba-yoshlarni ta’lim olishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilayotganiga qaramay yoshlar tomonidan bir qancha huquqbuzarliklar va jinoyatlar sodir etilmoqda. NavDPI “Fizika-texnologiya” fakultetida huquqbuzarlik, o‘g‘rilik, aldov yo‘li bilan o‘zgalar mulkini o‘zlashtirish, mayda bezorilik holatlarini kelib chiqish sabablari to‘g‘risida profilaktik tadbir tashkil etildi. Ochiq muloqotda so‘zga chiqqanlar, talabalar tomonidan sodir etiladigan turli huquqbuzarlik va jinoyatlarga belgilanadigan jazo turlari haqida, shuningdek, jinoyat va huquqbuzarlik sodir etgan talabalar o‘qishdan chetlatilishi mumkinligi haqida to‘xtalishdi. Tadbir davomida piyodalar harakati, avtomobillardan foydalanishda ehtiyot bo‘lish, yo‘l harakati qoidalariga amal qilish haqida ham fikr mulohazalar bildirildi.
Tadbir so‘nggida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga soha mutaxassislari tomonidan aniq javoblar olishdi. Institut ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi tomonidan tashkillashtirilgan tadbirda huquq tartibot idoralar vakillari, tyutorlar va talaba yoshlar ishtirok etishdi.
“Davlatimiz rahbari ta’kidlaganlaridek, profilaktika inspektorlari ichki ishlar organlarining ta’lim muassasalaridagi vakili emas, aksincha o‘quv yurtining ichki ishlar organlaridagi vakillariga aylanishi kerak, degan ustuvor vazifa negizida birinchi navbatda, huquqbuzarliklarning oldini olish, sog‘lom, ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalashga ko‘maklashish, yoshlarimizni turli zararli yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolishlariga yo‘l qo‘ymaslik yotibdi…”-dedi NavDPI profilaktika inspektori, kapitan S.Xusanova.