Navoiy davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat fakulteti sirtqi ta’lim 5-kurs bitiruvchisi O‘ktamov Shohruh Rustam o‘g‘li 2024-yilgi «Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti bilan taqdirlandi.
U 2022-yilning avgust oyidan Navoiy viloyati IIB JXX JTSB PPX batalyoni tumanlararo patrul-post xizmati guruhi safdor xodimi lavozimida faoliyat ko’rsatib kelmoqda.
Ma’lumot uchun: Shohruh O‘ktamov sportning armrestling turi bo‘yicha Osiyo chempioni, Jahon chempionati sovrindori, O‘zbekiston va xalqaro toifadagi sport ustasi hisoblanadi.
Shohruh O‘ktamovning kelgusidagi sport va ijtimoiy faoliyatiga ulkan zafar va muvaffaqiyatlar tilaymiz!