Joriy yilning 11-22 iyun kunlari Qirgʻiziston Respublikasida jang san’ati bo‘yicha 8-Xalqaro festival — Osiyo chempionati boʻlib oʻtmoqda. Kuchli sportchilar ishtirok etgan musobaqada Navoiy davlat pedagogika instituti Matematika-informatika fakulteti 2-bosqich talabasi Nurshohruh Isroilov 85 kg. vazn toifasida oltin medalini qoʻlga kiritdi.
Malumot o‘rnida, Nurshohruh 3 karra Osiyo chempioni, 2 karra Jahon kubogida oltin va kumush medallarini qo‘lga kiritgan, 8 marta Oʻzbekiston chempioni, 5 marta xalqaro chempioni shuningdek, O’zbekiston sport ustasi va qora belbog’ sohibi hamdir.