loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Taklif qilma – Korrupsiyaga o‘rin yo‘q

  Mamlakatimizda olib borilayotgan korrupsiyaga oid islohotlarga asosan joriy yilning 28-iyun kuni Navoiy davlat pedagogika instituti Tarix, Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim, San’atshunoslik, Chet tillar va Tibbiyot fakultetlari professor-o‘qituvchilari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

 Unda institutimiz birinchi prorektori X.Qurbonov, rektor maslahatchisi B.Abdullaev, Ilmiy ishlar va innovasiyalar bo‘yicha prorektor I.Nasriddinov, Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig’i A.Halikov tomonidan hozirgi kunda hukumatimiz tomonidan oliy ta’lim muassasalarini korrupsiyadan holi sohaga aylantirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilayotgani alohida ta’kidlab o‘tildi. Yig‘ilish davomida Odab-axloq kodeksi, namunaviy ichki mehnat qoidalari hamda oliygohda korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, bu borada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar xususida misollar orqali tushuntirishlar olib borildi.

    

Shuningdek, institutda korrupsiyaning har qanday ko‘rinishlariga murosasiz tarzda kurashish, uning kelib chiqish sabablarini aniqlash va bartaraf etish, talabalar o‘rtasida korrupsiyaning yomon illat ekanligini ularning ongiga singdirishda tizimli ravishda tadbirlar, davra suhbatlari hamda fleshmoblar o‘tkazishda barcha birdek tashabbuskor sifatida ishtirok etishlari kerakligi aytildi.