Til — millatning oʻtmishi, buguni va ertasini bogʻlab turadigan mustahkam koʻprik.
Navoiy davlat pedagogika instituti Axborot-resurs markazida Tabiiy fanlar fakulteti Geografiya yoʻnalishi guruh tyutori O.I.Abdullayeva tashabbusi bilan Geografiya yoʻnalishi 1-bosqich talabalari ishtirokida Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi munosabati bilan “Davlat tili — milliy ma’naviyatimiz timsoli” nomli maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi. Tadbirni Tabiiy fanlar fakulteti Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari kafedrasi dotsenti N.J.Muxammedova va Kimyo kafedrasi o‘qituvchisi PhD S.R.Botirovalar ochib berdilar. Shundan soʻngg, fakultet talabalari tomonidan tayyorlangan tadbirning badiiy qismi namoyish etildi.