loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari — NDPIda

 Respublikamiz oliy taʼlim muassasalarida boʻlgani kabi Navoiy davlat pedagogika institutida ham keyingi yillarda taʼlim sifatini yanada oshirish, oʻquv jaranyolarini zamon talablari asosida tashkil etish, boʻlajak pedagoglarning xorijiy tillarni puxta, axborot texnologiyalarini mukammal oʻrganishlari uchun zarur sharoitlar yaratilgan boʻlib, maʼnaviy-maʼrifiy soha va sportda ham salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.

“Taʼlim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisi rahbari Adham Hudoyqulov hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Sarvarxon Buzrukxonov Navoiy davlat pedagogika institutiga tashrif buyurdilar. Mehmonlar institutda soʻnggi yillardagi oʻquv-uslubiy, maʼnaviy-maʼrifiy, ilmiy-tadqiqot va innovatsion yoʻnalishlarida amalga oshirilgan ishlar va yutuqlar, shuningdek, institutning yangi kampusi taqdimoti bilan tanishtirildi. Vazir o‘rinbosari talabalarga xizmat koʻrsatuvchi markazi (Registratorlik ofisi)ning qurilish va taʼmirlash ishlarini koʻzdan kechirib, talabalarga yanada qulaylik yaratish boʻyicha koʻrsatmalarini berdi.

Bugungi kunda Navoiy davlat pedagogika institutida 20 mingga yaqin talabalar tahsil oladi. Ularning 11 ming nafardan ortigʻi kunduzgi boʻlimda oʻqiydi. Talabalar ihtiyorida 4 ta yorugʻ va shinam talabalar turar joylari mavjud.