Stol tennisi — kichik koptok va raketkalar bilan stolda o‘ynaladigan sport o‘yini. Sharqiy Osiyoda paydo bo‘lgan. 20-asrning 20-yillaridan ko‘p mamlakatlarga tarqalgan. Dastlab «ping-pong» (fransuzcha pingpong –koptokning raketka va stolga urilishida chiqadigan ovoz) deb atalgan. Rasmiy musobaqalar sport zallarida o‘tkaziladi: erkaklar va ayollar – jamoa bo‘lib, yakka holda va juftlikda hamda aralash juftlikda musobaqalashadilar. NavDPI “Fizika-texnologiya” fakultetida “Talabalar ligasi” doirasida ushbu sport turi bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi. “Ko‘pchilik sport turlari qatori stol tennisi ham inson salomatligiga ijobiy ta’sir o‘tkazishini alohida aytishimiz joiz. Ushbu sport turi birinchi navbatda ko‘z ravshanligini oshiradi, mantiqan fikrlash, xotira va diqqatni charxlaydi, bo‘g‘imlarning harakatchanligi yaxshilanib, kuch, tezlik, chidamlilik va qobiliyatni tarbiyalaydi. Bundan tashqari, yuqori yelka kamari, oyoq-qo‘llar mushaklari faoliyatini oshiradi…”-dedi dots.O.Musayev.