Sog’lom turmush tarzi – bu sog’liqni saqlash va mustahkamlashga, ish qobiliyatining yuqori darajasini ta’minlashga, faol uzoq umr ko’rishga qaratilgan, ilmiy asoslangan tibbiy va gigienik me’yorlarga asoslangan gigienik xulq-atvor, ya’ni odamlarning sog’lig’ini saqlash va mustahkamlashga qaratilgan turmush tarzidir. Bu bejiz emas albata. Zero sog’lom turmush tarziga amal qilish, salomatligimizni o’z vaqtida qadrlash bilan ko’plab og’ir xastaliklarning oldini olishga muvaffaq bo’lishimiz mumkin.
Oliy ta’lim muassasaslarida talaba-yoshlar bilan ishlash samaradoligini oshirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan kunlik tadbirlarning yarim yillik kalendar rejasining 16- bandi ijrosini ta’minlash maqsadida Respuplika shoshilinch tez tibbiy yordam Navoiy viloyati filiali shifokori Saibov Akbarali Bahtiyorovich va “Matematika-informatika” fakulteti talaba-yoshlari o‘rtasida davra suhbati tashkil etildi.