“Siyosiy qatag‘on qurboni bo‘lgan yurtdoshlarimizning hayoti va faoliyatini o‘rganish, targ‘ib etish hamda ularning xotirasini abadiylashtirish borasidagi ishlarni kengashtirish to‘g‘risida”gi PQ-270-sonli qarorida belgilangan vazifalar yuzasidan bugun, Navoy davlat pedagogika instituti tuzilmasidagi “Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi” xodimlari tarix fani oʻqituvchisi D.K.Saibov, J.S.Turdiboyev hamda 20022-harbiy qism yoʻriqchisi kichik serjant D.R.Xolboyevlar Qiziltepa tumani “Arabxona” MFY Arabxona qishlig‘i 148-xonadonda istiqomat qilgan “Paxta ishi”ning nohaq qurboni bo‘lgan Kamolov Shavqiddinning xonadonlariga tashrif buyurildi. Tashrif davomida farzandlari Ulug‘bek Kamolov, jiyanlari Nasim Karimov, kelinlari:N.Xudoyorova hamda D.Amonovalar bilan ham suhbat o‘tkazildi.
Navoiy viloyati hududiy ishchi guruh a’zolari qatagʻon qurbonlarining avlodlari va yaqinlari, oʻsha davr voqyealariga guvoh boʻlgan insonlarning хotiralarini yozib olish, oilaviy arхiv va kutubхonalarda saqlanayotgan tariхiy manbalarni, noyob suratlarni toʻplash boʻyicha Qiziltepa tumani davlat arxivini ham ko’zdan kechirdilar.
Karmana tumanidagi 99368-harbiy qism, Navoiy viloyat Mudofaa ishlari boshqarmasi huzuridagi chaqiriluvchilarni harbiy-texnik mutaxassisliklari bòyicha tayyorlash Markazida, Navoiy shahridagi 523- SCHR batalʼonida larida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-iyuldagi 270-son Qaror mazmun mohiyati mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. D.Saibov o‘zining ma’ruzasida 1937-1953-yillarda mustabid tuzum tomonidan 100 mingdan ziyod xalqimiz vakillari kishilar nohaq quloq qilingan, surgunlarga jo‘natilgan. Ular orasida atoqli davlat va siyosat qatag‘on siyosatining qurboni bo‘lgan. Bu yurtdoshlarimizning 13 ming nafari otib tashlanganligi to‘g‘risidagi faktik ma’lumotlar hamda 2021-2024-yillar davomida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan 1 ming 200 dan ziyod siyosiy qatag‘on qurbonlarining nomlari oqlanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham aytib o‘tildi. Oʻzbekistonliklarning Vatan ozodligi yoʻlida olib borgan kurashi toʻg‘risida batafsil misollar bilan davra suhbati ishtirokchilariga tushuntirib oʻtildi. Xizmatchilar kerakli savollarni berib tegishli javoblar oldilar.