Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda hamkor tashkilotlar birgalikda “Shuhrating porlasin toki bor jahon!» mavzusida Davlat madhiyasini jamoaviy joʻr boʻlib kuylash tanlovini eʼlon qilganidan xabaringiz bor. Tanlovga respublika boʻylab 300 ga yaqin videorolik kelib tushdi va hakamlar hayʼati tomonidan saralandi. Yakuniy natijalarga koʻra, 4 ta nominatsiya boʻyicha gʻoliblar aniqlandi.
Quvonarlisi, Navoiy davlat pedagogika instituti San’atshunoslik fakulteti Xor jamoasi “Davlat madhiyasini eng yaxshi kuylagan guruh” nominatsiyasida g’olib deb topilib 1-o’rinni qo’lga kiritdi va 10 million soʻm pul mukofoti bilan taqdirlandi. Barcha Ustozlarni va iste’dodli talabalarimizni ulkan g’alaba bilan tabriklaymiz. Kelgusi faoliyatlarida omad va zafarlar tilaymiz. Barakalla Yoshlar !!!