loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Mirzo Ulugʻbekning hayoti, uning davlat arbobi sifatidagi faoliyati haqida davra suhbati

   Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Buyuk qomusiy olim va mashhur davlat arbobi Mirzo Ulugʻbek tavalludining 630-yilligini keng nishonlash toʻgʻrisida” 2024-yil 12-sentabrdagi PQ-323-son qarorining 6-bandida Mirzo Ulugʻbekning hayoti, uning davlat arbobi sifatidagi faoliyati hamda jahon ilm-fani va tamadduni rivojiga qoʻshgan ulkan hissasini aholi, ayniqsa, yoshlar oʻrtasida, shuningdek, taʼlim tashkilotlari va mehnat jamoalarida keng targʻib qilishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish choralarini koʻrish vazifasi belgilangan. NavDPI “Fizika-texnologiya” fakultetida Mirzo Ulugʻbekning hayoti, uning davlat arbobi sifatidagi faoliyati hamda jahon ilm-fani va tamadduni rivojiga qoʻshgan ulkan hissasi haqida talaba-yoshlar oʻrtasida davra suhbatlari va seminar darslari tashkil etildi. “Salkam yetti asr davom etgan Sharq astronomiyasining jo‘shqin faoliyati Ulug‘bek va uning akademiyasining boy ilmiy merosi bilan yakunlandi. Ulug‘bek rasadxonasi ishga tushirilganda uning bosh «teleskop»ining aniqlik darajasi atigi bir necha yoy sekundigacha borib, to optik teleskoplar ixtiro qilingan 17 asrga qadar uning samaralari o‘rta asr astronomlari uchun astronomik kuzatishlarda erishilgan rekord natija bo‘lib xizmat qildi. Bu asbob Quyosh, Oy va sayyoralar harakat nazariyalarini yangi bosqichga ko‘tarish, tutilishlar nazariyasi va amaliy astronomiyaning asosiy predmetlaridan bo‘lgan vaqtni o‘lchash ishlarida yuksak aniqlikka erishish imkonini berdi.Ulug‘bek astronomiya maktabi vakillarining tadqiqotlari natijasi bo‘lgan buyuk meros — «Ziji jadidi Ko‘ragoniy»dan keyingi yuz yillar mobaynida faqat Sharq emas, balki G‘arb mamlakatlari ko‘pgina yirik rasadxonalarining olimlari dasturul-amal sifatida keng foydalandilar…”-dedi tadbirlar davomida dots.G.Sayfullayeva.