Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo davlatlarning Samarqandda yig’ilishida tarixiy, ramziy ifoda mujassam. Chunki Samarqand dunyo tamadduni beshiklaridan biri sifatida Jahon va Markaziy Osiyo uchun alohida ahamiyatga ega tarixiy maskan. Dunyo bugun juda murakkab geosiyosiy jarayonlarni boshidan kechirayotgan bir paytda SHHTga a’zo mamlakat rahbarlarining ushbu yig’ilishi tarixiy zarurat, olam ahlining ona sayyoramizni asrab qolish va keyin avlodlarga meros qoldirish uchun qilinayotgan muhim bir qadamidir.
Navoiy davlat pedagogika instituti rektori,
Xalq deputatlari Navoiy viloyat Kengashi deputati Bahodir Sobirov