loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

SENATOR VA YOSHLAR UCHRASHUVI

  Navoiy davlat pedagogika institutida “Biz bir bo‘lsak — yagona xalqmiz, birlashsak — vatanmiz!” g‘oyasi asosidagi “Ma’naviyat karvoni” loyihasi doirasida “Senator va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi.

Ushbu jarayonda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Qobul Tursunov ishtirok etdi.

Ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan tadbirda Q.Tursunov dastlab o‘zining yoshlik davrlari, hozirga qadar bosib o‘tgan faoliyati va tajribalari haqida to‘xtaldi. Shu bilan birga bugungi kunda Yangi O‘zbekistonning jahon siyosatida tutgan o‘rni, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar mohiyati xususida batafsil gapirib berdi.

  

Talabalar tomonidan berilgan savollarga javob berish mobaynida ularga o‘z maqsadlari yo‘lida shijoat bilan harakat qilishlari lozimligi ta’kidlandi.