Navoiy davlat pedagogika instituti 1-sonli talabalar turar joyida Tarix fakulteti rahbariyati hamda professor-o‘qituvchilari, TTJ tarbiyachi pedagogi hamda Jismoniy madaniyat fakulteti dekan o‘rinbosari tomonidan “Saylov qonunchiligi va amaliyoti” mavzusida talabalar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda kafedra mudiri, hozirda O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasidan Oliy Majlis qonunchilik palatasiga nomzod A.Aminova tomonidan saylovoldi uchrashuvi doirasida talabalarga saylov va uning ahamiyati, nomzodning dasturi tushuntirildi. Shundan so‘ng, O‘zbekiston milliy tiklanish demokratik partiyasi vakillari tomonidan “Munosib nomzodga ovoz bering” heshtegi ostida chellenj tashkil etildi.