Talabalar o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash Hukumatning 2017 yil 20 iyundagi 393-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq amalga oshiriladi;
Xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan talabalar o‘qishini ko‘chirish, ko‘chirib tiklash O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi vakolati doirasida;
Xorijiy davlatlarning akkreditatsiyaga ega bo‘lmagan oliy ta’lim muassasalarida yoki ularning filiallarida o‘qiganlarning o‘qishini O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirish to‘g‘risidagi arizasiga rad javobi beriladi;
Nizomga muvofiq fuqarolar o‘qishini ko‘chirish uchun Oliy ta’lim fan va innovatsiya vazirligi tomonidan tashkil etiladigan Hududiy ishchi guruhiga 2024 yil15 iyuldan 5 avgustga qadar bo‘lgan muddatda murojaat qilishi mumkinligi belgilangan;
1. Ko‘chirish (qayta tiklash)ni istagan ta’lim yo‘nalishi (mutaxassisligi), o‘quv tili va shakli ko‘rsatilgan holdagi ariza (arizada o‘qigan oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yo‘nalishi (mutaxassisligi), ta’lim shakli, maqsadli qabul bo‘yicha o‘qishga kirmaganligi, ko‘chirish (qayta tiklash) sabablari, ko‘chirish (qayta tiklash) qoidalari bilan tanishganligi ko‘rsatiladi);
2. Talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik ma’lumotnoma nusxalari;
3. Pasport nusxasi.
✅ Bir oliy ta’lim muassasasi doirasida oliy ta’limning mos va turdosh yo‘nalishlari hamda mos mutaxassisliklari bo‘yicha talabalar o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash shu oliy ta’lim muassasasi rektorining buyrug‘i asosida amalga oshiriladi;
✅ Xorijiy oliy ta’lim muassasalarining magistratura bosqichida tahsil olayotgan talabalar o‘qishini O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirilishiga ruxsat etilmaydi;
Prezident qaroriga ko‘ra, davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga o‘qishga kirish, shuningdek, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishni ko‘chirish va qayta tiklash uchun hujjatlarni topshirish jarayoni Oliy ta’lim fan va innovatsiya vazirligining rasmiy veb-sayti (www.edu.uz) orqali amalga oshiriladi.
Magistraturaga hujjatlar 2024 yil 1 iyuldan 30 iyulgacha qabul qilinadi.
Prezident qarori bilan 2024/2025 o‘quv yili qabulidan boshlab, Mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash vazirligi tomonidan beriladigan tavsiyanomaga ega bo‘lgan xotin-qizlar uchun bakalavriatning kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha umumiy belgilangan davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlariga nisbatan qo‘shimcha to‘rt foizli davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari ajratiladi.
2024/2025 o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalariga abiturient sifatida onlayn ro‘yxatdan o‘tish 2024 yilning 5 iyunidan 25 iyuniga qadar (shu kuni ham):
YAgona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali (www.my.gov.uz)
Davlat test markazining rasmiy veb-sayti orqali (https://my.uzbmb.uz/);
belgilangan hududlardagi Davlat xizmatlari markazlari orqali amalga oshiriladi.
Kirish imtihonlari to‘liq test sinovlari asosida amalga oshiriladigan ta’lim yo‘nalishlariga kirishda fanlar majmuasi hamda fanlar ketma-ketligi bir xil bo‘lgan 5 tagacha ta’lim yo‘nalishida tanlovda ishtirok etishi mumkin.
Kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon mavjud bo‘lgan ta’lim yo‘nalishlariga kirishda faqatgina bitta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etishi mumkin.
2024/2025 o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari to‘liq test sinovlari asosida amalga oshiriladigan ta’lim yo‘nalishlariga kirishda 2 ta fandan test topshiradi.
Alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlari tarkibi ta’lim yo‘nalishlarining xususiyatlarini inobatga olgan holda minimal qisqartiriladi. Bunda abiturientlarning imtihon topshirish uchun bir marta kelishi inobatga olinadi.
Test sinovlari bilan bir qatorda kasbiy (ijodiy) imtihon topshiriladigan ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlari bitta fandan test va bitta fandan kasbiy (ijodiy) imtihon asosida o‘tkaziladi.
Oliy talim fan va innovatsiya vazirligi tomonidan 2024/2025 o‘quv yili qabuli uchun OTMlarda kasbiy (ijodiy) imtihonlarni tashkil etish bo‘yicha yo‘riqnoma ishlab chiqildi.
Abiturient imtihonga shaxsiy pasporti va abiturient ruxsatnomasi bilan kelishi lozim;
ijodiy imtihonda bitta abiturient uchun yarim soatdan bir soatgacha vaqt ajratiladi;
imtihonlar to‘liq videokuzatuv ostida o‘tkazilib, imtihon jarayonlarining videoyozuvlari saqlanadi;
Imtihon natijalari tegishli OTMning rasmiy veb-saytlarida e’lon qilinadi.
O`zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining matni va musiqasi O`zbekiston Respublikasining 1992 yil 10 dekabrdagi 768-XII-sonli «O`zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to`g`risida»gi Qonuni bilan tasdiqlangan.
O`zbekiston Respublikаsining Dаvlаt mаdhiyasi O`zbekiston Respublikаsi Dаvlаt suverenitetining rаmzidir.
O`zbekiston Respublikаsining Dаvlаt mаdhiyasigа zo`r ehtirom bilаn qаrаsh O`zbekiston Respublikаsi hаr bir fuqаrosining vаtаnpаrvаrlik burchidir.
Mutal Burhonov musiqasi
Abdulla Oripov so’zi
Serquyosh hur o’lkam, elga baxt, najot,
Sen o’zing do’stlarga yo’ldosh, mehribon!
Yashnagay to abad ilmu fan, ijod,
Shuhrating porlasin toki bor jahon!
Naqarot:
Oltin bu vodiylar – jon O’zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug’ xalq qudrati jo’sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!
Bag’ri keng o’zbekning o’chmas iymoni,
Erkin, yosh avlodlar senga zo’r qanot!
Istiqlol mash’ali tinchlik posboni,
Xaqsevar, ona yurt, mangu bo’l obod!
Naqarot:
Oltin bu vodiylar – jon O’zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug’ xalq qudrati jo’sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!
Davlat bayrog`i O`zbekiston Respublikasining 1991 yil 18 noyabrdagi 407-XII-sonli «O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`i to`g`risida»gi Qonuni bilan tasdiqlangan.
O`zbekiston Respublikаsining Dаvlаt bаyrog`i O`zbekiston Respublikаsi dаvlаt suverenitetining rаmzidir.
O`zbekiston Respublikаsining Dаvlаt bаyrog`i xаlqаro munosаbаtlаrdа O`zbekiston Respublikаsining timsoli bo`lаdi.
O`zbekiston Respublikаsining Dаvlаt bаyrog`i — bаyroqning butun uzunligi bo`ylаb o`tgаn to`q moviy rаng, oq rаng vа to`q yashil rаngli uchtа endаn tаrkib topgаn to`g`ri to`rtburchаk shаklidаgi mаtodir.
Davlat gerbi O`zbekiston Respublikasining 1992 yil 2 iyuldagi 616-XII-sonli «O`zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to`g`risida»gi Qonuni bilan tasdiqlangan.
O`zbekiston Respublikаsi Dаvlаt gerbi quyidаgi ko`rinishgа egа: tog`lаr, dаryolаr vа so`l tomoni bug`doy boshoqlаridаn, o`ng tomoni esа chаnoqlаri ochilgаn g`o`zа shoxlаridаn iborаt chаmbаrgа o`rаlgаn gullаgаn vodiy uzrа quyosh zаrrin nurlаrini sochib turаdi. Gerbning yuqori qismidа Respublikа hurligining rаmzi sifаtidа sаkkizburchаk tаsvirlаngаn bo`lib, uning ichki qismidа yarim oy vа yulduz tаsvirlаngаn. Gerbning mаrkаzidа bаxt vа erksevаrlik rаmzi — qаnotlаrini yozgаn Humo qushi tаsvirlаngаn. Gerbning pаstki qismidа O`zbekiston Respublikаsi Dаvlаt bаyrog`ini ifodа etuvchi chаmbаr lentаsining bаntidа «O’zbekiston» deb yozib qo`yilgаn.
O`zbekiston Respublikаsi Dаvlаt gerbining rаngli ko`rinishidа: Humo qushi vа dаryolаr — kumush rаngidа; quyosh, boshoqlаr, pаxtа chаnoqlаri vа «O’zbekiston» yozuvi — oltin rаngidа; g`o`zа shoxlаri vа bаrglаri, tog`lаr vа vodiy — yashil rаngdа; chаnoqlаrdаgi pаxtа — oq rаngdа; lentа — O`zbekiston Respublikаsi Dаvlаt bаyrog`ining rаnglаrini аks ettiruvchi uch xil rаngdа; sаkkizburchаk — oltin zаrhаl bilаn hoshiyalаngаn holdа hаvo rаngdа; yarim oy vа yulduzlаr — oq rаngidа tаsvirlаngаn.