loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

San’atshunoslik fakulteti talabasi “Nafosat-2024” ko‘rik tanlovining respublika bosqichida eʼtirof etildi!

Navoiy davlat universiteti San’atshunoslik fakulteti “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” kafedrasi “Dizayn” ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabasi Tursuntosh Ne’matova “Nafosat-2024” tanlovining respublika bosqichi sovrindori bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PQ-401-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash borasida zamonaviy milliy liboslarning eskizlarini yaratish uchun tadbirkorlarga taqdim qilish hamda ommalashtirish maqsadida hududlarda 3-bosqichli “Nafosat” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi. Shu munosabat bilan 2024-yil 24-dekabr kuni Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida “O‘zbek ayolining jamiyatdagi zamonaviy obrazi” mavzusida o‘tkaziladigan konferensiya hamda 25-dekabr kuni “Yil ayoli” milliy tanlovining respublika bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimida San’atshunoslik fakulteti Tasviriy san’at va munandislik grafikasi “Dizayn” ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabasi Ne’matova Tursuntosh Alisher qizi “Nafosat-2024” tanlovining respublika bosqichi g’olibi deb topildi va taqdirlandi.