Ayni paytda, O‘zbekiston Badiiy Ijodkorlar uyushmasi bilan hamkorlikda Navoiy davlat pedagogika instituti, San’atshunoslik fakulteti, Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi kafedrasining tijorat ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.
Tijorat ko‘rgazmasiga Xorazm viloyati Badiiy ijodkorlar uyushmasi boshlig’i hamda bir guruh xorazmlik rassomlar jarayonlarni tomosha qilish maqsadida kelishdi. Ushbu ko‘rgazma davomida mehmonlar talabalarimiz ijodiga yuksak baho berib, ikki tomonlama ijodiy hamkorlik qilishni taklif qilishdi. Kelgusi o‘quv yili davomida talabalarimizning ijodiy ko‘rgazmasini Xorazm viloyatida tashkil qilinishi xususida kelishib olindi.
Barcha san’at ixlosmandlarini 20-maydan — 20-iyungacha davom etadigan ko‘rgazmamizga taklif etamiz.
Manzil: Navoiy shahar, San’at galereyasi binosi.