loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Samarqandda “Butunjahon yoshlar festivali” doirasidagi “Global taʼlim forumi” o‘tkazildi

Xabar qilganimizdek, kuni kecha Samarqand shahridagi “Hillton” mehmonxonasida, “TOP-500” reytingdagi oliygohlar ishtirokida Global ta’lim forumi yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Unda dunyoning 400 nafardan ortiq vakillari, shu jumladan 250 nafar yosh talabalar va tadqiqotchi olimlar, yetakchi jahon ekspertlar, akademik liderlar va turli davlatlar vakillar tashrif buyurdi. Xususan, forumda Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, professor Muxiddin Kalonov ham ishtirok etdi.

Mazkur forum, “Taʼlim evolyutsiyasi: taʼlimni global oʻzgarishlarga moslashtirish”, “Sunʼiy intellektning taʼlim tizimidagi oʻrni: neyron tarmoqlar taʼlim sohasiga taʼsiri”, “Jamiyat taraqqiyotida ekologik taʼlim”, “Taʼlimdagi tengsizlikni bartaraf etish” 4 ta asosiy sessiayaga bo‘lingan holda panel muhokamalar formatida davom etdi.

Unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti bosh kotibi oʻrinbosari Kashif Zamon, Eron Xalqaro ilmiy-texnikaviy hamkorlik markazi raisi, fan, texnologiyalar va bilimlarga asoslangan iqtisodiyot bo‘yicha vitse-prezidenti Amir Hossein Mirabadi, “Pearson VUE” kompaniyasining Shimoliy va Markaziy Yevropadagi bo‘limi bo‘lgan Sertiport bo‘yicha mintaqaviy direktori Arek Yavorski (Polsha), Ta’lim faoli, ijtimoiy tadbirkor, “ZNotes” onlayn ta’lim platformasi asoschisi Zubair Junjunia (Buyuk Britaniya) so‘zga chiqib, mazkur xalqaro anjuman ta’lim sohasidagi muvaffaqiyatlar va kelgusidagi maqsadlarni muhokama qilish uchun yangi imkoniyatni taqdim etishi bilan ahamiyatli ekanligini ta’kidlashdi.

“Global taʼlim forumi” Toshkent shahridagi “Yoshlar ijod saroyi”da 28-iyun kun soat 14:30 da, 29-iyun kun soat 11:00 da davom etadi.