Navoiy davlat pedagogika instituti Chet tillar fakulteti dekani, dekan muovinlari, fakultet tyutorlari tashabbusi bilan, 26-fevral kuni fakultet talaba-yoshlari oʻrtasida “Salomatlik uchun 5000 qadam” aksiyasi oʻtkazildi. Shu bilan birga “Zakovat” intellektual oʻyini, “Ikki avlod” uchrashuvi, 3-sonli TTJda “Eng namunali kitobxon talaba” tanlovi hamda sportning voleybol, stol tennisi, shaxmat-shashka turlari boʻyicha tadbirlar tashkil etildi. Bundan tashqari fakultet tyutorlarining 3 oylik hisobotlari taqdimoti boʻlib oʻtdi.
Tadbirlar mahalliy va Respublika ommaviy axborot vositalari orqali yoritildi.