loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

SABR-TOQATLI, ODOB-AXLOQLI QIZLAR

  Xotin-qizlar o’rtasida huquqbuzarliklar va jinoyatlarni oldini olish yuzasidan institutning  “Fizika-texnologiya” fakulteti talaba qizlari bilan suhbat tashkil etildi. Fakultet xotin-qizlari va o’qituvchilari ishtirok etgan tadbirda, institutimiz profilaktika inspektori S.Xusanova – xotin-qizlar tomonidan sodir etilayotgan huquqbuzarliklar va jinoyatlarni oldini olishda bir qator profilaktik ishlar amalga oshirlayotganini ta’kidladi. Yoshlarga bu boradagi huquqbuzarliklar va qonunchilikdagi yangiliklar xususida tegishli tushunchalar berib, mavzu doirasida yoshlarning savollariga javoblar berdi. Bugungi kunda ayollar o’rtasidagi mudhish voqealarning ko’payishiga asosiy sabab oila, ta’lim beruvchi maskanlarda jismoniy va ruhiy tarbiya sustligiga ham borib taqalmoqda. Masalan, musiqa insonning tinglash qobiliyatini oshiradi, his qilish, ijodiy barkamollikni rivojlantiradi, insonda ichki uyg’unlik uyg’otadi. Rasm chizish ruhiy xotirjamlik hissini berish bilan birga, sezgi a’zolarini faol harakatlantirishga yordam beradi. Raqslar tanani egiluvchanligini oshirib, borliqdagi hodisalarni boricha qabul qilish, qiyin vaziyatlardan oson chiqib ketishda yordam beradi… “Har qanday holatda ham qizlarimiz sabr-toqatli, odob-axloqli, tartib-intizomli va bilimli bo’lishsa, hayotda o’z o’rnini topa oladi…”-deydi suhbatlar jarayonida fakultetning xotin-qizlar masalasi bo’yicha dekan maslahatchisi D.Kamolova.