2023-yil 11-aprel kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish hamda ular bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Navoiy davlat pedagogika instituti rektori B.B.Sobirovga biriktirilgan Xatirchi tumanidagi «Istiqlol» MFYda yashovchi fuqaro Xamdamova Ruxsora G’ayrat qizini nogironlik to’g’risidagi ma’lumotnomasini Navoiy viloyati 54-son Pediatriya tibbiy ijtimoiy ekspert komissiyasiga borib yangilashda amaliy yordam berildi. Oliy ta’limga o’qishga topshirish uchun Xamdamova Ruxsorani xujjatlari tayyor bo‘ldi, bundan Ruxsorani xursandchiligi cheksiz. O’zbekistonda nogironligi bor yoshlarga qaratilgan e’tibordan xursand bo’lgan Ruxsoraning onasi Pulatova Gulnoz opa Prezidentimiz SH.Mirziyoyevga va NavDPI rektori B.B.Sobirovga o’z minnatdorchiligini bildirdi.