loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

«ROBOTOTEXNIKA VA YOSHLAR” BELLASHUVI

 Mamlakatimizda kompyuter texnologiyasini o‘rganishga oid darslik va qo‘llanmalar istagancha topiladi. Biroq robototexnika fanini o‘rganish hali yetarli darajada yo‘lga qo‘yilmagan. Holbuki, robototexnikani o‘zlashtirmasdan dunyo taraqqiyotiga qo‘shilib, uning yutuqlariga erishib bo‘lmaydi. Shu boisdan ham umumiy o‘rta ta’lim hamda o‘rta maxsus va oliy ta’lim muassasalarida robototexnika alohida dars sifatida o‘qitilishi zamon talabiga aylanib ulgurdi. Robototexnika darsi o‘ziga xos qiziqarli bo‘lishi bilan birga fizika, matematika, informatika darslarini chuqurroq o‘rganish, yoshlarni chuqur fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish, jamiyat hayotida o‘z o‘rinlarini his etishlari uchun juda katta ahamiyatga ega. Bu esa talabalarda ushbu darslarga mehrni kuchaytiradi, qiziqishini orttiradi, nazariy bilimlarini amaliyotga tatbiq etishda samarali natijalar beradi.

NavDU “Fizika-texnologiya” fakultetida bu borada bir qator muvaffaqiyatlarga erishilmoqda. Xususan, “Texnologik ta’lim” yo‘nalishi talabalari ishtirokida o‘tkazilgan “Robototexnika va yoshlar” bellashuvi juda qiziqarli tarzda tashkil etildi. Avtomatizatsiyalashtirilgan texnologiya bozori hali rivojlanish bosqichida. Ayni paytda sanoat robotlariga talab kundan-kun oshib bormoqda. Shu ma’noda, talabalarimiz o‘zlarining bir qator loyihalarini tajribada chuqur o‘rganib, sanoat robototexnikasi sohasiga keng tatbiq etish niyatidalar. Shuni qayd etish lozimki, robototexnika fanini ta’lim tizimiga izchillik bilan joriy etish kelajakda yoshlarning zamon talablariga mos fikrlash doirasining shakllanishiga zamin yaratadi. Qolaversa, nafaqat robototexnika sohasida balki iqtisodiyotning boshqa turli tizimlari rivojlanishiga turtki bo‘ladi.