loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Respublika ishchi guruhi universitet faoliyatini joriy etish va uni rivojlantirish bo‘yicha ko‘maklashmoqda

Joriy yilning 24–25-yanvar kunlari Navoiy davlat universitetida ishchi guruhi kelib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 31-oktabr “Navoiy davlat universitetini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-378-son  hamda “Navoiy viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-430-son qarorlari  bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar  natijalarini o‘rgandi.

O‘rganish jarayonida, o‘quv jarayonini takomillashtirish hamda raqamlashtirish, shuningdnek, ta’lim sifatini oshirish, ilimiy-tadqiqotlarning natijadorligini oshirish, fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini kengaytirish, ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtrish, talaba yoshlarda tarbiyaviy ishlar tizimini takomillashtirish va ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, moddiy-texnik ta’minot, o‘quv laboratoriyalarini zamonaviy asbob-uskunalar bilan ta’minlash, xorijiy ta’lim va tadqiqot muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish kabi sohalarda bajarish lozim bo‘lgan ishlar bo‘yicha taklif va tavsiyalarni ilgari surdi.