Navoiy davlat pedagogika instituti faollar yigʻingohida Maktabgacha va boshlangʻich taʼlim fakultetining “Boshlangʻich taʼlimning dolzarb masalalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani oʻtkazildi.
Unda “Boshlangʻich ta’limning dolzarb masalalari”, “Boshlangʻich sinflarda sinfdan tashqari oʻqish usullari”, “Boshlangʻich taʼlimda badiiy asar matni ustida ishlash usullari” va boshqa mavzularda professor-oʻqituvchilar tomonidan maʼruzalar qilindi.
Konferensiyada institut rahbariyati, professor-oʻqituvchilar va talabalar, shuningdek, Respublika OTMlaridan ilm ahllari oʻzlarining ilmiy maʼruzalari bilan ishtirok etishdi.