Navoiy davlat pedagogika institutida “Fizika fanini axborot va innovatsion texnologiyalar muhitida oʻqitishning zamonaviy tendensiyalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjuman boʻlib oʻtdi. Anjumanni Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor Ilhom Nasriddinov kirish so‘zi bilan ochib, konferensiya ishi va ishtirokichilariga omad tiladi.
Anjuman offlayn va onlayn formatlarda tashkil etilgan bo‘lib, unda Respublikamizning taniqli olimlari oʻzlarining maʼruzalari bilan ishtirok etdi. Xususan, Buxoro davlat universiteti professori S.Qahhorov, Jizzax davlat pedagogika instituti professori R.Bekmirzayev “Fizika fani sohasidagi dastlabki bilimlarning vujudga kelishi”, Toshkent davlat transport universiteti professori A.Umarov “STEAM — taʼlim sohasidagi tadqiqotlar”, Navoiy DKTU professori A.Muzaffarov “Ichimlik suvi tarkibidagi uranning konsentratsiyasini arenazo-III asosida fotokalorimetrik usulida aniqlash” mavzusida maʼruzalar qilindi. Konferensiyada institut rahbariyati, Fizika va texnologik taʼlim fakulteti professor-oʻqituvchilari, talabalari, mehmonlar hamda OAV vakillari ishtirok etdi.