Navoiy davlat pedagogika instituti talabalariga sifatli taʼlim berish, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, iqtidorlarini namoyon etishlari uchun oʻquv hamda badiiy adabiyotlar bilan toʻliq taʼminlash, shuningdek, malakali tibbiyot xodimlarni tayyorlash maqsadida Tibbiyot fakulteti talabalari uchun qariyb 113 mln soʻmlik darslik va oʻquv qoʻllanmalar xarid qilindi.
Xarid qilingan dasrliklar tibbiyot sohasidagi eng soʻngi maʼlumotlar bazasi hisobolanadi. Jumladan, “Pediatriya”, “Patologik fiziologiya”, “Patologiya anatomiya”, “Klinik allergologiya”, “Klinik immunologiya”, “Gematologiya”, “Tibbiy biologiya va genetika”, “Travmatalogiya va ortopediya, bolalar travmatologiyasi va ortopediyasi” kabi oʻquv dasrliklari talabalarni tibbiy sohasidagi bilimlarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.