loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Rektor topshirig’i ijrosi: 4+2 asosida maktablarda amaliyot oʻtayotgan talabalarning darslardagi ishtiroki oʻrganildi

Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, professor Muxiddin Kalonov topshirigʻiga asosan, Taʼlim sifatini nazorat qilish boʻlimi boshligʻi I.Zaynutdinov, Marketing va talabalar amaliyoti boʻlimi boshligʻi A.Merzayev va boʻlim mutaxassilari institut talabalarining umumtaʼlim maktabalarida 4+2 dasturi asosida amaliyot oʻtayotganligini borib oʻrganishdi. Jumladan, Navoiy shahridagi 8-umumtaʼlim maktabida talabalarning amaliyot vaqtida darslarga qatnashishi, talabalar olgan nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llash orqali tajriba orttirshlari uchun maktabdan biriktirilgan mas’ul o‘qituvchi bilan birga olib borayotgan ishlari ko‘rildi. Shuningdek, maktab yoshlari bilan bo‘lgan suhbatda o‘quvchilar talabalarimiz haqida iliq fikrlarini bildirishdi. Maktabda amaliyot olib borayotgan Tarix fakulteti talabasi Nozanin Sayfullayevani yoshlar olqishlab, bitirganidan soʻng talabani darsga olib qolish kerakligini aytishdi. Shu bilan birga maktab oʻquvchilariga yaxshi bilim olib, oliy taʼlim mussasalariga taʼlimni davom ettirishlari, yetuk mutaxassis boʻlishlari haqida fikrlar aytildi.