Xabaringiz bor, yangi 2024/2025-o‘quv yilini munosib va yuqori kayfiyatda kutib olish, talabalarga zarur shart-sharoitlarni yaratish, ta’lim va tarbiya sifatini yanda yaxshilash, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, ilmiy va innovatsion g’oyalarga talpinadigan, kreativ fikrlaydigan yoshlarni tarbiyash maqsadida Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, professor Muxiddin Kalonov buyrugʻi bilan barcha fakultetlarda yangi 2024/2025 oʻquv yiliga tayyorgarlik ishlari ko‘zdan kechirilmoqda.
Jumladan, bugun ham O‘quv ishlari bo‘yicha v.v.b. prorektor I.Zaynutdinov o‘quv-uslubiy boshqarma xodimlari bilan birga Tarix fakultetida bo‘lib, har bitta o‘quv auditoriyalari, kafedralar, professor-o‘qituvchilar, tyutorlar, dekan va dekan o‘rinbosarlari faoliyat xonalari bilan birma-bir tanishib chiqishdi. Mavjud kamchiliklarni bartaf etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilib, institut tomonidan amaliy yordam ko‘rsatilishi ta’kidlandi.
Tarix fakulteti o‘quv auditoriyalari soni 14 tani tashkil etadi. Fakultetda o‘quv jarayonini hozirgi zamon talablari asosida tashkil etishda o‘quv auditoriyalari va o‘qitishning texnik vositalari etarlicha. Shuningdek, professor-o‘qituvchilar tomonidan fanlar kesimida sillabus va fan dasturlari yaratilgan. Qo‘shimcha ravishda ko‘rgazmali vositalar, didaktik materiallar, videoroliklar yaratilgan. Fakultetda 1 ta kompyuter sinfi, 4 ta videoproektor, 4 ta elektron doska mavjud.