loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Rektor topshirigʻi ijrosi: ta’lim sifati va samaradorligini oshirish yo‘lida

Navoiy davlat universiteti Maktabgacha va boshlangʻich taʼlim hamda Sanʼatshunoslik fakultetlarida taʼlim sifati va samaradorligini oshirish, taʼlimda innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish, yangi pedagogik yondashuvlarni qoʻllash va zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanish holati oʻrganildi.
Oʻrganish jarayonida TSNQ boʻlimi boshligʻi I.Zaynutdinov hamda fakultetlar masʼullari, professor-oʻqituvchilar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda taʼlim jarayonida xalqaro standartlar, jumladan STEAM, PISA, TIMSS, va TALIS metodologiyalari, innovatsion yondashuvlar va interaktiv usullardan foydalanish orqali talabalarning bilim va koʻnikmalarini oshirish muhimligi haqida soʻz yuritildi. Shuningdek, fakultetlarning taʼlim dasturini yanada modernizatsiya qilish, professor-oʻqituvchilarni malaka oshirish dasturlarini rivojlantirish va kengashtirish kabi masalalar atroflicha muhokama qilindi.