Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, professor Muxiddin Kalonovning topshirigʻiga koʻra institutning 1-,2- va 3-sonli talabalar turar joylarida bo‘yash va taʼmirlash ishlari olib borilmoqda.
Talabalarga munosib shart-sharoit yaratish, yangi o‘quv yilini munosib kutib olish, yotoqxonalarda talabalar uchun oʻzlarining oʻz uylaridagi kabi shinam, barcha zarur imkoniyatlarni mujassam qilish maqsadida tashkil qilingan taʼmirlash ishlari shaxsan rektor nazorati ostida davom etayapti.
Maʼlumot oʻrnida taʼkidlash joizki, bugungi kunda institut tasarrufida 5 ta talabalar uylari mavjud boʻlib, jami 1400 kishiga moslashgan zamonaviy, barcha sharoitga ega kompleks faoliyat olib bormoqda.