2024-2025 o‘quv yili boshlanishi oldidan Navoiy davlat pedagogika instituti talabalar turar joylariga joylashish maqsadida kelgan mahalliy va viloyatli talabalar institut mas’ullari tomonidan iliq kutib olinmoqda.
Kuni kecha institut rektori, professor Muxiddin Kalonov barcha talabalar turar joylari hamda fakultetlarni ko‘zdan kechirib, talabalar uylarining tayyorgarlik holati hamda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan qiziqdi. Yotoqxonalarga joylashayotgan talabalarning holidan xabar olib, kamchiliklarini o‘rgandi. Shu bilan birga, yotoqxonalarga kelgan talaba-yoshlar va ularning yaqinlari bilan suhbat qurib, institutda olib borilayotgan ishlar, talabalar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar xususida fikrlar bildirildi.
O’rganishlar davomida bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan mas’ullarga ko‘rsatmalar berildi.