Institut talabalari o‘rtasida “Rektor kubogi” uchun Zakovat intellektual o‘yinlari yakunlandi. Intellektual turnirlarni tashkil qilish, bilimdon yoshlarni rag’batlantirish, yosh avlodning intellektual salohiyatini oshirishga qaratilgan “Zakovat” o‘yinining “Rektor kubogi” bahslari joriy o‘quv yili davomida tashkil etildi.
9-iyun kuni mazkur o‘yinlarni final bosqichi bo‘lib o‘tdi. Intellektual o‘yinlarning final bahsi uch qismda o‘tkazilib, unda 33 ta jamoa bir-biridan qiziq va insonni falsafiy mushohadaga undaydigan savollarga javob izlashdi. Natijalarga ko‘ra, 1-o‘rinni “Slizerin” jamoasi, 2- o‘rinni “Magistr” jamoasi, 3-o‘rinni “Status” jamoasi qo‘lga kiritdi. Shuningdek, 1-o‘ringa 9 mln so‘m, 2-o‘ringa 6 mln so‘m va 3-o‘ringa 3 mln so‘m pul mukofotlari topshirildi.