Navoiy davlat pedagogika instituti Magistratura boʻlimi tomonidan “Referendum 2023: kelajaging uchun ovoz ber” shiori ostida “Referendum va magistr yoshlar” nomli targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda soʻzga chiqqan spikerlar tomonidan yangi Konstitutsiyaning asosiy prinsip va normalari, yangi tahrirdagi moddalarning mazmun-mohiyati xususida maʼruza qilindi. Shuningdek, bir guruh magistrantlar ham yangi Konstitutsiyada yoshlar uchun alohida bob kiritilayotganini mamnuniyat bilan ifoda etib, tengdoshlarini 30-aprelda boʻlib oʻtadigan referendumda faol boʻlishga chaqirdilar. Tadbir davomida yurt obodligi yo‘lida olib borilayotgan ishlarga bag‘ishlangan videorolik namoyish etildi.