Аvval xabar berganimizdek, Navoiy davlat pedagogika institutida o‘quv mashg‘ulotlari 11-yanvardan boshlangan edi.
Respublikamizning olis hududlaridan kelib, ijara va yotoqxonalarga joylashgan talabalar uchun o‘quv mashg‘ulotlari 18-yanvardan anʼanaviy tarzda davom ettirilishini maʼlum qilamiz. Respublikamiz bo‘ylab saqlanib qolayotgan sovuq ob-havo sharoitida mashg‘ulotlarga qatnashish imkoniyati bo‘lmagan talabalar kunlar isib, transport harakati jadallashuvi bilan, bosqichma-bosqich o‘quv mashg‘ulotlariga qatnashishlari mumkinligini maʼlum qilamiz.