Vazirlar Mahkamasining tegishli bayoni bilan OTM, texnikum, kollej, kasb hunar maktablari va akademik litseylarda oʻquv jarayonini mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan holda tashkil etish tavsiya etildi.
Shundan kelib chiqib Navoiy davlat pedagogika institutida oʻquv jarayonlari 11-yanvardan boshlanishini maʼlum qilamiz.
Eslatib oʻtamiz: anomal sovuq kunlari talabalardan ehtiyotkorlik bilan, shoshilmasdan, yoʻl harakati qoidalariga amal qilib harakatlanish tavsiya etiladi.
Oʻquv xonalari hamda talabalar turar joylari issiqlik bilan taʼminlangan va barchasi shay holatga keltirilgan.