loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Rahbar va yoshlar uchrashuvi: erkin muloqot, taklif va tashabbuslar

Mamlakatimizda yangi O‘zbekistonni barpo etishdek ulug‘ maqsadga erishish yo‘lida asosiy tayanchimiz bo‘lgan azmu shijoatli yoshlarga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ularga barcha sohalarda o‘z iqtidori va salohiyatini to‘liq namoyon etishi uchun zarur sharoit va imkoniyatlar yaratib berish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi.

Joriy yilning  16-noyabr kuni Navoiy davlat universitetida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. 17-noyabr — Xalqaro talabalar kuni munosabati bilan tashkil etilgan uchrashuvda Navoiy davlat universiteti rektori, professor Muxiddin Kalonov yoshlarga taʼlim bilan tarbiyaning chambarchas ekanligi, bunda ota-ona hamda taʼlim muassasasining oʻrni beqiyos ekanligi to‘g’risida alohida to‘xtalib oʻtdi. Shu bilan birga, talabalar kasb-hunar egallashlari, koʻp kitob mutolaa qilishlari, Vatanga muhabbat, ota-onaga, ustozlarga hurmat va ehtirom ila yuzlanishlari, til oʻrganishlari xususida oʻz tavsiyalarini berib o‘tdi. Shuningdek, talabalarga yaratib berilayotgan imkoniyat va eʼtibordan unumli foydalanishlari, bildirilgan ishonchni oqlash uchun harakat qilishlari, aniq maqsad sari intilishlari, doimiy izlanishda bo‘lishlari kerakligi taʼkidlandi. Uchrashuvda oliy taʼlimdagi tub islohotlar, davlatimiz tomonidan yoshlarga yaratib berilayotgan keng imkoniyatlar xususida ham so‘z bordi.  Universitet maqomini olgan ta’lim muassasasi talabalari ulkan mas’uliyat hissi bilan faol harakat qilishlari shartligini misollar yordamida tushuntirildi. “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi davomidan bir guruh talabalar tanlov va sport musobaqalarida namunali ishtiroki uchun taqdirlanishdi.
Ochiq muloqot, dildan suhbat tarzida olib borilgan uchrashuvda talabalar tomonidan takliflar, mulohazalar bildirildi.