Qatag‘onlarni xotirlash va e’zozlash, xalq ozodligi yo‘lida qurbon bo‘lgan ajdodlarimizning porloq xotirasini tiklash maqsadida 2002-yil 31-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov tashabbusi bilan Toshkent shahrida “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyi ochildi. Ushbu muzeyning filiali sifatida, Navoiy davlat pedagogika instituti qoshida tashkil etilgan “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyida milliy ozodlik yo‘lidagi kurashda qurbon bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari haqida ma’lumotlar, hujjatlar, suratlar va buyumlar jamlangan. Fizika-texnologiya fakulteti birinchi bosqich talabalari muzeyda bo‘lib, eksponatlar bilan tanishishdi. “O‘rta Osiyoning chor Rossiyasi tomonidan bosib olinishi”, “1930—1937 yillar qatag’oni”, “Paxta ishi”, “Mustaqillik yillarida tarixiy adolatning tiklanishi va qatag‘on qurbonlari xotirasining abadiylashtirilishi” singari zallarda o‘zlarini qiziqtirgan mavzularda ma’lumotlar olishdi.