loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Qatag’on davrida nohaq jabr ko‘rgan, mash’um davr qurboni bo‘lgan yurtdoshlarimiz avlodlari bilan uchrashuv tashkil etildi

1937-1953-yillarda mustabid tuzum tomonidan 100 mingdan ziyod xalqimiz vakillari qatag‘on siyosatining qurboni bo‘lgan, 13 ming nafari otib tashlangan, minglab kishilar nohaq quloq qilingan, surgunlarga jo‘natilgan. Yurt ravnaqi, Vatan ozodligi yo‘lida jonini fido etib, siyosiy qatag‘on qurbonlari bo‘lgan ota-bobolarimizning hayoti va faoliyatini o‘rganish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Davlatimiz rahbari tomonidan joriy yilning 19-iyul kunida “Siyosiy qatag‘on qurboni bo‘lgan yurtdoshlarimiz hayoti va faoliyatini o‘rganish, targ‘ib etish hamda ularning xotirasini abadiylashtirish borasidagi ishlarni kengaytirish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Ushbu qarorga muvofiq Navoiy davlat pedagogika instituti tuzilmasidagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi” hamda Viloyat teleradiokompaniyasi bilan birgalikda siyosiy qatag‘on davrida nohaq jabr ko‘rgan, mash’um davr qurboni bo‘lgan insonlarning avlodlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.