2022-yil 11-iyun kuni Navoiy davlat pedagogika instituti Chet tillar fakulteti Fakultetlararo chet tillar kafedrasi o‘qituvchilari D.Y.Xakimova,SH.Niyozova va Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti dotsenti psixologiya fanlari nomzodi Shamiyeva Oybaxor Ravshanovna bilan hamkorlikda, Boshlangich ta’lim yo‘nalishi 2-B guruhi talabalari bilan birgalikda “Qanday qilib chiroyli va baxtli oila bekasi bo‘lish mumkin?” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Davra suhbati qiziqarli hayotiy savollar bilan juda chiroyli tashkil etildi.
Tadbirda psixolog Shamiyeva tadbir ishtirokchilariga “Yosh bolalar psixologiyasi” mavzusida gapirib o‘tdi.Tadbir talabalarga katta qiziqish uyg’otdi.Talabalar soha mutaxassisiga o‘zlarini qiziqtirgan savollari bilan murojaat qildi va kerakli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.