loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

PURMA’NO  SO‘ZLAR

  • Tashqi ko‘rinishingiz o‘zgarsa ham, ammo o‘zligingizni yo‘qotmang.
  • Ko‘p hollarda baxtli lahzalar azobli xotiralar bo‘lib eslanadi.
  • Hayotni qadrlamasang ham, ammo u hadya etganlarini qadrlashing shart.
  • Qadrsizni qadrlasang, kibrlanib ketadi.
  • Hurmatni pulga sotib ololmaysiz.
  • Hayotda yo‘llar ko‘p, sen o‘zingnikini tanla.
  • Vaqt o‘zgaradi, odamlar emas.
  • Birovga qilgan yaxshiligingni unutmaslik, o‘zingga qilgan yomonligingdir.
  • Qancha ishlab topganing emas, senda qancha qolgani muhlimdir.
  • Dunyoda mavjud bo‘lgan narsalarning barchasi-qachonlardir orzu bo‘lgan.
  • Jahlini sukunat ortiga berkitgan odam buyukdir.
  • Odam bo‘laman desang, kamtarlikni odat qil.
  • Jim bo‘l yoki sukunatingdanda yaxshiroq gapni gapir.
  • Baxtsizman deyishga haqim yo‘q, baxtlitman deyishga baxtim.
  • Ko‘pincha bizga yoqmagan gaplar haqiqat bo‘lib chiqadi.
  • Muhabbat tushuntirishlarga toqat qilmaydi, doim u mehrga muhtoj.
  • Cho‘ntakdagi pul qanot emas, yurishingizni o‘zgartirmang.
  • Imkonsiz – bu so‘z hech narsani anglatmaydi, hammasi o‘z qo‘lingda.
  • Hammasini kechirish mumkin, lekin unutib bo‘lmaydi.
  • Sinov qancha qiyinlashsa, marraga shuncha oz qolgan bo‘ladi.
  • Farosat qush pati kabidir, o‘zi o‘sib chiqmasa, uni ekib bo‘lmaydi.
  • Baxt bu sen uchun Alloh tomonidan yuborilgan juftingni topishdir.
  • Keyinchalik oson bo‘lishi uchun hozir shu qiyinchiliklardan o‘tib olish kerak.
  • Solihaga faqat solih bo‘libgina yetib olish mumkin.
  • Shukur bilan sizdagi ne’matlarning ziyoda bo‘lishiga erishasiz.
  • Sevsang, ishonsang va kutsang, masofa muammo emas.
  • Do‘stni yolg‘iz qolganda tanqid qilib, ko‘pchilik oldida maqtash kerak.
  • Aslida eng hazilkash odamlarda, eng g‘amli qalb bor.
  • O‘zim emas qo‘lim osmonda, ishonganim bor shu tomonda.
  • Unchalik havolanib osmonga parvoz qilmang, oxiri baribir erga ko‘milasiz.
  • Hatto millionlab kamchiligi bor bo‘lsa-da, agar sevsangiz u siz uchun mukammaldir.
  • Egilib-bukulib sinmagan haqiqat pulga sotilib ketmasin.
  • Har narsaning qadrini yo‘qotganingda bilasan.
  • Yaxshi kunga o‘tish uchun, yomon kundan o‘tish kerak.
  • Hatto dushmanni kechirsa bo‘ladi, lekin sotqinni emas.
  • Mashaqqatli mehnatni doim qadrlang.
  • Xiyonatni ko‘tarolmasangiz Allohni seving, boshqasi emas.
  • Ayol kishi yoshiga qarab o‘zgarmaydi, juftiga qarab o‘zgaradi.
  • Ikkinchi imkonni bermang, shunda birinchisini qadrlashadi.
  • Xato qilganlar kechiriladi, ataylab qilganlar emas.
  • Omad va baxtni ushlab qolay desangiz, hasad va kibrni qo‘yib yuboring.
  • Hyotda qoqilgan payting, soxta do‘stlarning bahonasi ko‘p bo‘ladi.
  • Sotilib ketgan odamlar qaytarib olinmaydi.
  • Tashqi ko‘rinishga qarab baho bermang, qanday yaralishni biz hal qilmaymiz.
  • Ishonch qanchalik kuchli bo‘lsa, ikki qalb shuncha yaqin bo‘ladi.
  • Mehribon insonlar ko‘p aziyat chekadi, lekin yana mehr ko‘rsatishda va ko‘proq orzu qilishda davom etadi.
  • Robbingga qarab meni buyuk dardim bor, dema, dardingga qarab meni buyuk Robbim bor
  • Men sabab yuzingga tushgan ajinlar o‘rnini, Qiyomat kunida Allohim nur bilan yoritsin, ONA.
  • Hech narsaga erishmagan kishilarni hech qachon eshitmang.
  • Hayotimni yaxshi tarafga o‘zgartiryapman, deb yashang.
  • Ko‘p narsani emas, kerakli narsani biladigan odam – aqllidir.
  • Kimki azob va mehnatdan o‘zini olib qochsa, hech narsaga erisholmaydi.
  • Mening muvaffaqiyatlarim Alloh tarafidandir.
  • Kim – kimligini vaqt ko‘rsatadi.
  • Juda ham jiddiy bo‘lishdan qoching.
  • Qasos olishning eng zo‘r yo‘li bu – ulkan muvaffaqiyatga erishish.
  • Ortga qaramang, kelajak oldinda.
  • Kechirim so‘rashingiz mumkin, lekin o‘tmishni o‘zgartirolmaysiz.
  • Og‘zi yopiq baliq hech qachon qarmoqqa ilinmaydi.
  • Quyoshga tik boqing, ana shunda soyani ko‘rmaysiz.
  • Guldan voz kechganlarga barg ham nasib etmaydi.
  • O‘tmishdan o‘rganing, kelajak uchun tayyorlaning, bugun esa yashang.
  • Har bir ishning hisob-kitobi bor.
  • Kuchsizlar har doim ham kuchsiz bo‘lishmagan.
  • Hayot misoli o‘yin, faqat yutish uchun o‘ynang.
  • Muvaffaqiyat qo‘lga kiritiladi, in’om etilmaydi.
  • Yozishni ustoz o‘rgatadi, erkaklardek yashashni esa ota.
  • Ona pardozsiz ham eng chiroyli.
  • Farosat qush kabidir, o‘zi o‘sib chiqmasa, uni ekib bo‘lmaydi.
  • Odamlar arg‘imchoq emas, avval o‘zingdan o‘zoqlashtirib, qaytib kelishini kutma.
  • Eshigimizni qanday niyat bilan taqitlasangiz , o‘sha niyat bilan ochamiz.
  • Tepadan qarardi tuproqqa yaproq, jimgina kutardi yaproqni tuproq.
  • Shunday juft tanlangki, nafaqat hayotingizda, balki oxiratda ham siz bilan birga bo‘lsin.
  • Mehmonni yoqtirmaydiganlar o‘zi ham bu dunyoda mehmon ekanligini unutmasin.
  • Hamma dunyoni o‘zgartirishni o‘ylaydi, ammo hech kim o‘zini o‘zgartirishni o‘ylamaydi.
  • Soxta odam bo‘lishdan orlaning.