Xabar berib borayotganimizdek, Navoiy davlat pedagogika instituti Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo’limi xodimlari tomonidan fakultetlarda profilaktik suhbatlar, uchrashuvlar o‘tkazilmoqda. Ingliz tili va adabiyoti fakulteti talabalari bilan olib borilgan profilaktik tadbirda, “BIZNING OLIYGOHDA KORRUPSIYAGA O’RIN YO’Q” shiori ostida chellenj o’tkazilib, bo‘lim faoliyati haqida qisqacha axborot berildi. Shuningdek, talabalardan korrupsiyani oldini olish, institutda ta’lim sifatini o’rganish maqsadida anonim so’rov olindi.