O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi raisi – Senat raisi Tanzila Narbayeva raisligida o‘tkazilgan yig’ilishda berilgan topshirqlarga muvofiq “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig’i A.Xalikov Rus va qozoq filologiyasi hamda Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakultetlari professor-o‘qituvchilari va ishchi-xodimlari bilan profilaktik uchrashuv o‘tkazdi.
Unda oliy ta’lim sohasida korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda institutning Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi xodimlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida atroflicha ma’lumotlar berildi.
Uchrashuv so‘nggida ishtirokchilardan kafolat xatlari hamda ularning fikr-mulohazalarini o‘rganish uchun anonim so‘rovnoma olindi.