A+
A
A-

 

Navoiy davlat pedagogika institutida  “Alisher  Navoiy  ijodiy  merosining  umumbashariyat  ma'naviy - ma'rifiy  taraqqiyotidagi  o‘rni”  mavzusidagi II an'anaviy xalqaro ilmiy-amaliy  konferensiya doirasida chet ellik olimlar bilan professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirokidi ilmiy - ijodiy uchrashuvlar tashkil etildi.

Joriy yilning 5 fevral kuni navoiy davlat pedagogika instituti katta majlislar zalida O‘zbekistonning Ukrainadagi favqulodda va muxtor elchisi Alisher Abduvaliyev va Ukrainalik olim Igor Shpak bilan   uchrashuv o‘tkazildi.

Ushbu ilmiy ijodiy uchrashuvni institut rektori Baxtiyor Daniyarov ochib berdi. Shundan so‘ng O‘zbekistonning Ukrainadagi favqulodda va muxtor elchisi Alisher Abduvaliyev Alisher Navoiyning Farxod va Shirin dostonining ukrain tiliga tarjima qilingani uningADF nashriyotida yuqori sifatli kitob shaklida chop etilishi bo‘yicha fikrlarini bildirdi.

So‘ngra Igor Shpak ushbu kitob tarjimasi va uning chop etilishi Alisher Navoiy dahosi hamda uning ijodi xususida nutq so‘zladi. Ushbu asarning navbatda ingliz tiliga o‘girilishi va uni Angliyaning Oksford universitetida chop etilishi rejalashtirilayotgani borasidagi fikrlarini o‘rtoqlashdi.

Shundan so‘ng Ukrainalik mehmon, talabalar va professor-o‘qituvchilar tomonidan berilgan  savollarga atroflicha  javoblar berdi.

 


© 2017 Navoiy davlat pedagogika instituti saytidan olingan ma'lumotlarni chop etilganda veb-saytga havola qilish majburiy
Сайт скован и затачивается при помощи Octopus